O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishda yangicha moliyalashtirish tizimiga o‘tilib, klaster va fermerlarga bu uchun 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilga 14 foizli kredit ajratiladi. Bank va ta’minotchilar bilan shartnoma imzolash uchun ochiq elektron platforma ishga tushiriladi.
2024-yil iyuldan davlat dasturlari doirasida kreditlar barcha bosqichlarda elektron platformalar orqali ajratiladi. Shuningdek, davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya asosida tashkil etilgan kichik tadbirkorlarga tovarlarini yiliga 10 mlrd so‘mgacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi.
Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, har yili dekabrning so‘nggi 10 kunligi va yanvarning ilk 10 kunligi oralig‘ida professsonal ta’lim muassasalari o‘quvchilari va OTM talabalarining har yilgi ikki haftalik qishki ta’tilini o‘tkazish taklif etilmoqda. Unda shuningdek, ta’tildan 10 kun avval avia va temiryo‘l chiptalari uchun 50 foizlik chegirma berish ham ko‘zda tutilgan.
1 apreldan aholi va tadbirkorlarning kredit olish uchun arizalari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platforma orqali qabul qilinadi. Bu borada prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. O‘zini o‘zi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyat uchun 5 mln so‘mgacha miqdorida kredit mablag‘lari naqd pulda berilishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting